Islohotlar natijasi darslar mazmunida

Опубликовано Раъно Хужаева 15.02.2011

index.jpgIjtimoiy gumanitar turkumdagi o`quv kurslari mazmun-mohiyatiga ko`ra bilimlarni bugungi hayotga, kundalik o`zgarishlarga bog`lab, zamon bilan hamnafas o`rganishni taqozo qiladi. Bu o`quvchilarning egallagan bilimlarini amalda mustahkamlash hamda o`z Vatanining hozirgi hamda kelajak taqdiriga daxldorlik hissi bilan ulg`ayishlariga xizmat qiladi.
Читать полностью »

Qishloq farovan-ko`ngil charog`on

Опубликовано JasurBek Urinboev 5.11.2009

– Qishloqlarimiz jamoli kun sayin o`zgarib, tanib bo`lmas ko`rkamlik kasb etmoqda, – dedi Jizzax tumanidagi 55-maktab direktori Alisher G`ofurov. – Yo`llar qurilib, turli madaniy-maishiy inshootlar qad rostlamoqda. Ular orasida hech shubha yo`qki,  maktabning o`rni katta. Yangi o`quv yili maktabimiz o`quvchilari uchun chinakam bayram bo`ldi. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi asosida yangi maktab qurib berildi. Читать полностью »

Rahbarlik mahorati har qachongidan muhim

Опубликовано JasurBek Urinboev 16.10.2009

– Seminarda ta’lim-tarbiya jarayonidagi rahbarning o`rni to`laqonli ochib berildi, – deydi Yakkasaroy tumani xalq ta’limi bo`limi mudirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Mavluda Sodirxonova. – Xususan,  ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul mutaxassislarga bu borada berilgan aniqyo`riqnomalarga amaliyotda ehtiyoj katta edi. Shuningdek, birinchi sho`’ba faoliyatida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi” o`quv yili konsepsiyasi, ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o`ziga xos tomonlari, ushbu yo`nalishdagi rahbarlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, bilim saviyasi ta’lim sifatini oshirishda muhim o`rin tutishi tahlil qilindi. Читать полностью »

Rejalar puxta bo`lsa, oylik ko`ngildagidek o`tadi

Опубликовано JasurBek Urinboev 16.10.2009

Yaqindagina geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oyligini chiroyli tadbir va kechalar bilan mazmunli o`tkazgan pedagoglar navbatdagi fan oyligiga ham tayyorgarlik ko`rishni unutmaganga o`xshaydilar. Chunki endigina boshlangan bo`lishiga qaramay, ona tili va adabiyot fani oyligida bajarilishi kerak bo`lgan vazifalar rejalashtirilib, navbat bilan amalga oshirilmoqda Bu safar esa o`z-o`zidan yurtimiz maktablarida ushbu fan o`qituvchilari o`z mahorat va bilimlarini boshqa hamkasblariga namoyish etishadi.
Читать полностью »

Президент Узбекистана подписал указ в связи с Днем учителей и наставников

Опубликовано Feruza Xodjayeva 30.09.2009

teachers_day_1october.jpgУказ Президента Республики Узбекистан “О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания страны в связи с Днем учителей и наставников”
За весомый вклад в повышение интеллектуального и духовного потенциала нашей Родины, воспитание здорового и гармонично развитого подрастающего поколения в духе национальных и общечеловеческих ценностей, любви к Родине и преданности идеям независимости, за проявленную самоотверженность в деле обучения основам наук и современным профессиям, многолетний плодотворный труд в сфере образования и воспитания, активное участие в общественной жизни присвоить почетные звания:  Читать полностью »

Har bir o`quvchi uchun sifatli darslik

Опубликовано JasurBek Urinboev 27.09.2009

O`qituvchi bolaga ta’lim berish jarayonida har bir fanning oddiylikdan murakkablik sari izchil davom etgan asoslariga tayanadi. Bu asoslar esa o`quv adabiyotlari – darsliklarda mufassal aks ettiriladi. Ta’kidlash o`rinliki, istiqlol yillarida umumiy o`rta ta’lim maktablari uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish davlat miqyosidagi vazifaga aylandi. Chindan ham har bir o`quvchining darsliklar bilan to`liq ta’minlanishi ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mana, yangi 2009-2010 o`quv yili boshlanib, maktablarda o`quv va tarbiya jarayoniga qizg`in kirishildi. Читать полностью »

O‘quvchi yoshlar texnik-ijodiyot markazida ochiq eshiklar kuni

Опубликовано JasurBek Urinboev 22.09.2009

Samarqand viloyati o‘quvchi yoshlar texnik-ijodiyot markazida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, intilish va qiziqishlariga qarab to‘garaklarga jalb etish maqsadida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, xalq ta’limi boshqarmasi va Bolalar jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari va ularning ota-onalari, Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.
Читать полностью »

Yangi maktab o`quvchilarga

Опубликовано JasurBek Urinboev 18.09.2009

Kitob tumanining eng olis hududlaridan biri yuqori ayoqchi qishlog`ida 210 nafar o`quvchiga mo`ljallangan yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi. Endi 80-maktab o`quvchilari keng, yorug` va zamonaviy tipdagi yangi sinfxonalarda o`quv Mashg`ulotlarini olib borishadi. Читать полностью »

Va`daga vafo qilib

Опубликовано JasurBek Urinboev 15.09.2009

-“A`lo” baholarga o`qigan o`quvchilarni Samarqand shahriga olib boraman deb va`da bergan edim. Mana shu va`daga vafo qilib sayohatga olib keldim,- deydi Ishtixon tumanidagi 36-umumta`lim maktabining tarix fani o`qtuvchisi Jaloliddin Isroilov. Samarqandning keng va ravon ko`chalari, bog`u xiyobonlari kundan-kunga chiroy ochib borayotir. Besh-olti yil shaharda bo`lmagan kishi uni bugun ko`rib taniyolmay qolishi mumkin. Читать полностью »

O`quv yilining ilk fan oyligi

Опубликовано JasurBek Urinboev 14.09.2009

Xususan, Yunusobod tumanidagi 273-maktabda ham geografiya fani oyligi qizg`in o`tmoqda. Bunda esa, avvalo, ushbu fan o`qituvchisi Lola Boltaevaning xizmati katta. U 20 yillik faoliyati davomida o`zining boy tajriba va malakasi bilan hamkasblariga o`rnak bo`lib kelmoqda. L.Boltaeva “Yil o`qi-tuvchisi – 2006” ko`rik-tanlovining respublika bosqichi g`olibi hamdir.
Читать полностью »